Главная » 2020 » Февраль » 15 » Ikki o‘qituvchi 18 yarim yilga qamaldi. Ular tanishini o‘ldirgan
19:10

Ikki o‘qituvchi 18 yarim yilga qamaldi. Ular tanishini o‘ldirgan


O‘tgan yilning 23 oktyabr kuni Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktab o‘qituvchisi S.A. hamkasbi, ammavachchasi B.X. bilan birga Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mudiri S.U.ni qasddan urib o‘ldirgani haqida xabar bergandik.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sobiq o‘qituvchilarga nisbatan 2019 yil 25 oktyabr kuni qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishidagi hujjatlarga ko‘ra, maktab o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelib, hayotga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi – bir guruh shaxslar bilan bezorilik oqibatida o‘ta shafqatsizlik bilan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirishda ifodalangan, tasniflanishiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyatlarni quyidagi usul, vaqt va holatlarda qasddan sodir qilgan.

Jumladan, S.A. 2019 yil 23 oktyabr kuni maktab o‘qituvchisi, ya’ni ammavachchasi B.X. bilan qishloqdoshi Sh.Ch.ning yashash uyida bo‘lgan to‘y marosimida spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan bu ikkovlon soat 18:00 da qishloq ichki yo‘li bo‘ylab uyga qaytayotgan vaqtida Qo‘shrabot tumanida yashovchi, Payariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mudiri S.U. bilan kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida uni qasddan urib o‘ldirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi T.Qodirov raisligida o‘tkazilgan ochiq sudda sobiq o‘qituvchilarga nisbatan sud hukmi o‘qildi va ularning har biri 18 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя