Главная » 2021 » Май » 16 » Ikki o‘quvchi qiz «TikTok» uchun butun boshli fermani yoqib yubordi
11:30

Ikki o‘quvchi qiz «TikTok» uchun butun boshli fermani yoqib yubordi


Rossiyaning Perm o‘lkasi, Nitvenskiy tumanida yashovchi ikki o‘quvchi qiz «TikTok» tarmog‘iga video suratga olish uchun fermani yoqib yubordi. Bu haqda  RIA Novosti xabar qildi.

Qizlar somonni yoqish jarayonini videoga olishgan, ammo keyin ular yong‘inni to‘xtatishni imkoni bo‘lmagan. Oqibatda 200 tonna somon, shuningdek ferma yonib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishgan. Yong‘in natijasida 150 ming rubl qiymatdagi mol-mulk yo‘q kuyib kul bo‘lgan.

Qizlar voqea joyidan qochib ketishgan, ammo mahalliy politsiya xodimi ularning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Qizlarning ota-onalariga nisbatan «voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifalarini bajarmaganligi» bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: fermani, yoqib yubordi, tiktok | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя