Главная » 2020 » Апрель » 20 » Ikki oy shifoxonada ishlab kelgan otani hatto qizi ham tanimadi
13:29

Ikki oy shifoxonada ishlab kelgan otani hatto qizi ham tanimadi


Xitoyning Guychjou provinsiyasida 3 yoshli qizaloq otasi — Uxanda uzoq vaqt xizmat safarida bo‘lgan tibbiyot xodimi Van Bensyueni tanimadi. Bu haqda "AsiaOne"" xabar berdi.

Bensyue yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda qatnashib, fevraldan beri uyiga kelmagandi. Uxanda u 21 nafar bemorga g‘amxo‘rlik qildi. Ikki oy zo‘riqib mehnat qilgandan so‘ng 39 yoshli tibbiyot xodimining soch-soqoli butunlay oqarib ketdi.

Guychjouga qaytgandan so‘ng Bensyue ostonadan 3 yoshli qizini chaqirdi. Nima qilishini bilmay qolgan qizcha uning yoniga kelib: «Siz kimsiz?» dedi. Soch-soqoli oqarib ketgan odamning otasi ekanligini tanib olishi uchun unga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Shundan keyingina otasining bo‘ynidan quchib oldi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ham tanimadi, otani hatto qizi, shifoxonada, ishlab, kelgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя