Главная » 2020 » Май » 9 » Ikki viloyatda jami 43 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
21:49

Ikki viloyatda jami 43 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi


Andijon va Namangan viloyatida 27 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 9 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Andijon viloyatida 23 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, jami 43 nafar koronavirus infeksiyasidan tuzalgan bemorlar reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Andijonda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan. Ulardan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. 1 nafari esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ularning 8 nafari erkak, 15 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 135 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 158 nafarga yetdi.

Shuningdek, Namanganda tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 9 nafari erkak, 11 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 64 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan chaqaloq. Viloyatda shu paytga qadar 159 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 179 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 71 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1846 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda ushbu kasallik aniqlanganlar soni 2349 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 493 nafar bemor davolanmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bemor, koronavirusdan sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя