Главная » 2020 » Октябрь » 31 » Ikrom Aliboyevning jamoadoshi o‘lik holda topildi
10:26

Ikrom Aliboyevning jamoadoshi o‘lik holda topildi


30-oktyabr kuni «Seul» klubining 31 yoshli himoyachisi Kim Nam Chun ofis binosi yaqinidagi avtoturargohda jonsiz holatda topilgan. Politsiya jinoyat izlarini aniqlamagan va Kim o‘z joniga qasd qilganlikda gumon qilinayotgani aytilmoqda.

Kim «Seul»da 2013-yildan beri o‘ynab kelayotgandi.

Futbolchi faoliyati davomida 137 uchrashuv o‘tkazgan, to‘rtta gol urgan va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan. 2019/2020-yilgi mavsumda u 25 uchrashuv o‘tkazdi, beshta sariq va bitta qizil kartochka oldi.

Eslatib o‘tamiz, Koreyaning «Seul» klubida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboyev ham harakat qiladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: jamoadoshi, Ikrom Aliboyevning, o‘lik holda topildi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя