Главная » 2020 » Февраль » 2 » Ilk marta Xitoydan tashqarida koronavirusdan o‘lish holati qayd etildi
10:12

Ilk marta Xitoydan tashqarida koronavirusdan o‘lish holati qayd etildi


“Birinchi marta Xitoydan tashqari hududda, Filippinda koronavirusdan o‘lish holati qayd etildi”, deya Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilmoqda JSSTning Filippindagi bo‘limi.

“44 yoshli erkak koronavirusni yuqtirgan Filippindagi ikkinchi shaxs sifatida qayd etilgan”, deyiladi xabarda. Ma’lum bo‘lishicha, u 1-fevral kuni vafot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, koronavirus (2019-nCoV) ilk marta o‘tgan yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. 2020-yil yanvar oyi oxiriga kelib shahar va unga tutash aholi punktlari infeksiya tarqalishi oqibatida yopib qo‘yildi.  

Bugun, 2-fevral holatiga ko‘ra, koronavirus qurbonlarining umumiy soni 300, uni yuqtirib olganlar esa 14 380 nafarga yetgan, 328 kishi virusdan to‘liq davolangan. Hozirda mazkur virus Xitoydan tashqari dunyoning 23 mamlakatida qayd etilgan. JSST koronavirus tarqalishini xalqaro miqyosdagi favqulodda holat deb atamoqda. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя