Главная » 2020 » Март » 7 » Ilon Mask koronavirus borasidagi vahimani ahmoqlik deb atadi
20:59

Ilon Mask koronavirus borasidagi vahimani ahmoqlik deb atadi


Koronavirus tarqalishi Tesla ishiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory zavodi ishi vaqtincha to‘xtatildi.

SpaceX kompaniyasi asoschisi va Tesla rahbari Ilon Mask odamlar yangi koronavirus tarqalishiga aql bilan yondashmayapti deb hisoblamoqda.

«Koronavirus sababli vahimaga tushish ahmoqlikdir», — deb yozdi u Twitter akkauntida.

Koronavirus tarqalishi Tesla ishiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Yanvar oyida Xitoydagi Tesla Gigafactory zavodi ishi vaqtincha to‘xtatildi. Zavod akkumulyatorlar hamda Model 3 va Model Y avtomobillarini ishlab chiqaradi. Mask fevralda yangi koronavirusning avj olishi Tesla kompaniyasiga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatishini ma'lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

5 mart kuni Tesla bosh qarorgohi joylashgan Kaliforniyada koronavirus sababli birinchi o‘lim holati qayd etildi. Shundan so‘ng shtatda favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilindi. Kaliforniya sohilida 21 nafar yo‘lovchisida koronavirus aniqlangan kruiz layneri karantinga olindi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 101 ming kishidan oshgan.


Manba: "kun.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя