Главная » 2021 » Октябрь » 27 » Ilon Mask kutilmaganda yanada boyib ketdi
09:31

Ilon Mask kutilmaganda yanada boyib ketdi


Ilon Mask tarixdagi eng boy odamga aylandi. Forbes jurnali tadbirkorning boyligini 271 milliard dollar deya baholagan.

O‘tgan juma kunidan beri Mask yanada boyib ketdi — uning kapitali 42 milliard dollarga oshdi. Ushbu natijaga nihoyatda muvaffaqiyatli bitim sabab bo‘ldi.

Kompaniyalardan biri bir vaqtning o‘zida 100 mingta elektromobilga buyurtma bergan, ularning aksariyati Tesla konserni tomonidan ishlab chiqarilgan.  Shundan so‘ng kompaniya aksiyalari keskin ko‘tarilgan. Tesla kompaniyasining hozirda bozor qiymatidagi narxi bir trillion dollardan ortiq.

Tesla trillion dollarlik kompaniyalarning elita klubiga qo‘shilgan birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Unga Apple, Microsoft, Amazon, Alphabet – Googlening bosh kompaniyasi va Facebook kiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ilon Mask, kutilmaganda, boyib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя