Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Ilon Mask uchinchi jahon urushi qanday boshlanishini taxmin qildi
21:29

Ilon Mask uchinchi jahon urushi qanday boshlanishini taxmin qildi


Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sun’iy ongning jahon yetakchiligini qo‘lga kiritishdagi o‘rni haqidagi gaplariga izoh berdi. U Twitter’dagi sahifasi orqali bu uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. “Sun’iy ong sohasida milliy darajada raqobat qilish, fikrimcha, uchinchi jahon urushining boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin” — deb yozdi u.

1-sentabr kuni Yaroslavlda o‘tkazilgan ochiq dars chog‘ida Putin jahon yetakchisi maqomiga sun’iy ong yaratishda eng yaxshi bo‘lgan mamlakat erishishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan edi. Uning fikricha, agar Rossiya soha yetakchisiga aylansa, u texnologiyalarni butun jahonga ulashishi mumkin.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Jahon, boshlanishini, urushi, taxmin qildi, ilon, uchinchi, qanday, mask | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя