Главная » 2021 » Октябрь » 10 » Immunitet pasayishining sababi va belgilari
10:17

Immunitet pasayishining sababi va belgilari


Immunitet − lotinchada “ozodlik” ma’nosini bildiradi. U organizmni begona modda, hujayra, shu jumladan, bakteriya va viruslardan himoya qilish qobiliyatidir.

Immunitet pasayishiga olib keluvchi omillar:

  • Noto‘g‘ri ovqatlanish. Qondagi antitanalar immunoglobulinlar oqsilidan tarkib topgan, ularni me’yorda ishlab chiqarilishi uchun taomnomada go‘sht, tuxum, baliq, sut mahsulotlari, dukkakli o‘simliklar yetarlicha bo‘lishi kerak.
  • Surunkali stress. Аsabiy charchoq paydo bo‘lganda immunitetni himoya qilish faoliyatini tartibga soluvchi gormonal tizim ishdan chiqadi, natijada immunitet zaiflashadi.
  • Surunkali uyqusizlik.
  • Zararli odatlar. Chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, semirish, kam harakat hayot tarzi.
  • Tashqi muhit. Zararli ishlab chiqarish korxonalari, hovoning ifloslanishi, radiatsiya.

Pasaygan immunitet belgilari:

  • Tez-tez kasallanish − yil davomida 3-4 marta shamollash.
  • Doimiy xasta bo‘lish − agar immunitet mustahkam bo‘lsa, har qanday shamollash tezda o‘tib ketadi. Organizm keskin himoya choralarini qo‘llab, virus va bakteriyalarni tez yengadi.
  • Ichaklar holati − dizbakterioz belgilari − qabziyat va diareya almashib turishi, qorin damlanishi, tez-tez ko‘ngil aynashi.
  • Teri − tez-tez qaytalanuvchi toshma, yiringli yara, uchuq toshib turishi.
  • Umumiy ahvol – holsizlik, quvvatsizlik, mehnat unumdorligining pasayishi.
  • Аllergik kasalliklar.
  • Yetarlicha uxlash bilan ham uyquga to‘ymaslik.
  • Soch va tirnoqlarning mo‘rtlashishi.
  • Limfa bezlarining kattalashishi.

Immunitetni yaxshilash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Organizmni chiniqtirish

Bosqichma-bosqich va muntazamlik talab qilinadi. Ochiq havoda yurish, yuvinish uchun ishlatiladigan suv haroratini kundan kunga pasaytirish, kontrastli dushlar qabul qilish, har kuni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish.

Oziq-ovqat mahsulotlari

Immunitetni mustahkamlash uchun vitamin, mikroelement va oqsilga boy xilma-xil oziq-ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Sut, go‘sht mahsulotlari, sabzavot va mevalarni ratsionga kiritish lozim.

Kun tartibi va jismoniy faollik

Bir vaqtda yotishga va uyg‘onishga harakat qilish kerak. Toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi. Doimiy jismoniy faollik immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qon kislorod bilan to‘yinadi. Uyqu va ishtaha yaxshilanadi.

Yomon odatlardan voz kechish

Chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, kam harakat hayot tarzi organizmda ateroskleroz, nafas yo‘llari yallig‘lanishi, miyada qon aylanishi kamayishiga olib keladi. Bular hammasi immun tizimini kuchsizlantiradi.

Hayotga ijobiy munosabat

Аgar hayot odamga quvonch va zavq keltirmasa, o‘z-o‘zini yo‘q qilishning biologik mexanizmlari ishga tushadi. Hayotga ijobiy qarash va har qanday yomon vaziyatda ham tushkunlikka tushmaslikka harakat qilish kerak. Bo‘lib o‘tayotgan voqealarga munosabatni ijobiyga o‘zgartirishda psixolog bilan maslahatlashish mumkin.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Immunitet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя