Главная » 2018 » Июнь » 16 » Indoneziyada 8 metrli ilon bir ayolni yutib yubordi
21:59

Indoneziyada 8 metrli ilon bir ayolni yutib yubordi


Indoneziyening Sulavesi orolidagi 8 metrli piton bir ayolni yutib yubordi. Bu haqda Jakarta Post gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

54 yoshli Va Tiba ismli ayol 14-iyun kuni kechqurun uyidan bir kilometr narida ekin ekilgan yerini ko‘rgani borib, bedarak yo‘qolgan. Ayol ertasi kuni ham uyiga qaytmagach, uning oila a’zolari xavotirga tushgan. Tibaning singlisi uni qidirish bilan shug‘ullangan, biroq daladan faqatgina uning izlarini, chirog‘ini, oyoq kiyimini va macheteni topishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayol zudlik bilan qishloqdoshlaridan yordam so‘ragan. Bir necha soatdan so‘ng ular uzunligi 8 metr keladigan ulkan pitonni topishgan. Ilonning qorni yorib ko‘rilganida, uning ichidan Tibaning jasadi chiqqan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ilon, yutib yubordi, 8 metr, bir ayol, Indoneziya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя