Главная » 2021 » Апрель » 27 » Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining ekipaji halokatdan oldin ta’sirli video yozib qoldirdi (video)
23:17

Indoneziyada cho‘kib ketgan suvosti kemasining ekipaji halokatdan oldin ta’sirli video yozib qoldirdi (video)


Indoneziya harbiy dengiz kuchlariga tegishli cho‘kib ketgan suvosti kemasi ekipajining o‘z kemasida qo‘shiq kuylayotgani tasvirlangan ta’sirli video paydo bo‘ldi. Video fojia yuz berishidan bir necha hafta oldin yozilgan, deb xabar berdi Republicworld.

Tarmoqda paydo bo‘lgan videoda ekipaj a’zolari kema kapitani bilan Indoneziyada xit bo‘lgan qo‘shiqlardan biri — Sampai Jumpa’ni (“Kechroq uchrashamiz”) kuylaganini ko‘rish mumkin.

“Men seni sog‘inishga qodir bo‘lmasam-da, sensiz yashashga tayyor emasman. Senga faqat yaxshiliklar tilayman”, — deya qo‘shiq satrlaridan tarjimalar keltirdi nashr.

Xabar berilishicha, ushbu yozuv suvosti kemalari korpusini tark etayotgan qo‘mondon bilan xayrlashuv sifatida tayyorlangan.

Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Bali yaqinidagi o‘quv mashg‘ulotlarda KRI Nanggala 402 suvosti kemasi bilan aloqa uzilib qolgan va u bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik AQSh Indoneziyaning g‘oyib bo‘lgan suvosti kemasini qidirish uchun aviatsiya yuborishi, bedarak yo‘qolgan suvosti kemasida kislorod tamom bo‘lgani haqida xabarlar berilgan. Sodir bo‘lgan voqeaning kelib chiqish sabablari yuzasidan rasmiy taxminlar bildirilmagan.

25-aprel kuni suvosti kemasining qoldiqlari topilgani va kemaning barcha ekipaji qurbon bo‘lgani e’lon qilindi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kemasining, Indoneziyada, cho‘kib, ketgan, suvosti, video (video), ekipaji, ta’sirli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя