Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Infarktga chalingan taniqli o‘zbek aktyorining yuragi operasiya qilindi
22:04

Infarktga chalingan taniqli o‘zbek aktyorining yuragi operasiya qilindi


«Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvidagi Mamayramat orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29 noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik. Aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayevning jurnalist Nargiza Murodovaga ma’lum qilishicha, hozirda otasining ahvoli ancha yaxshilangan.

«Shukrki, dadam bir necha soatlik jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Yuragiga ikkita «stent» qo‘yishdi. Nasib qilsa, hafta so‘nggida shifokorlar uyga javob berisharkan. Ilgari ham yuraklari og‘rib, qon bosimining oshish holatlari kuzatilardi. ‘Men hali yoshman, ahvolim yaxshi’, deb shifokor ko‘rigidan o‘tishga qarshilik qilardi. 28 noyabr kuni kechqurun birdan ahvollari yomonlashdi va yuraklari bezovta qildi. Shundan so‘ng tong saharda kasalxonaga olib keldik», — deydi Suxrob Fayzullayev.

Ma’lumot uchun, komik aktyor Rahmonali Suropov 1969 yil Namangan viloyatida tavallud topgan. Institutni tamomlagach, Toshkent davlat sirkida masxaraboz sifatida faoliyat yuritgan. 2000 yili xalqaro sirk festivalida «Eng yaxshi masxaraboz» nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2002 yildan buyon «Qalpoq» hajviy ko‘rsatuvida ijod qiladi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yuragi, Infarktga, aktyorining, Taniqli, operasiya, O‘zbek | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя