Главная » 2020 » Май » 19 » Inqirozdan chiqish uchun “Mona Liza“ni sotish kerak – fransiyalik tadbirkor
22:25

Inqirozdan chiqish uchun “Mona Liza“ni sotish kerak – fransiyalik tadbirkor


Fransiyalik ishbilarmon Stefan Distangian afsonaviy “Mona Liza“ kartinasini sotish orqali butun mamlakat bo‘ylab inqirozdan chiqish yo‘lini taklif qildi. Bu haqda “Independent“ nashri xabar qildi.

“Biz har kuni koronavirus bilan kurashish uchun milliardlab yevroni sarflaymiz. Va bunga hali ham barham berilmayapti. Demak shuncha pul sarflasak ham o‘nglanmayapgan inqirozning tubi yo‘q” deydi Distangian.

Tadbirkor inqirozni bartaraf etish uchun kerakli daromadni hisoblab chiqdi. Uning fikricha, “Mona Liza“ni 50 milliard dollarga sotish mumkin.

“Suratni sotib olish uchun kamida 50 milliard yevro kerak bo‘ladi, deb hisoblayman. Menga aytilishicha, mening taxminiy bahom haddan tashqari oshirib yuborilgan. Lekin, ular buni isbotlay olishmaydi“ deydi tadbirkor.

Ma’lumot uchun, afsonaviy rasm 1503-1505 yillarda Leonardo da Vinchi tomonidan chizilgan. Hozirgi vaqtda “Mona Liza“ Luvrda saqlanmoqda. 2005 yildan beri surat alohida xonani egallab turibdi va u o‘q o‘tkazmaydigan shisha bilan o‘ralgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Mona Liza, Fransiyalik, tadbirkor, Inqirozdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя