Главная » 2020 » Сентябрь » 29 » Inson koronavirusni boshdan kechirib, buni o‘zi sezmay qolishi mumkinmi?
21:59

Inson koronavirusni boshdan kechirib, buni o‘zi sezmay qolishi mumkinmi?


Koronavirus bilan kasallanish holati 100 dan ortiq mamlakatda kundan kunga ko‘payib bormoqda. Mazkur kasallik simptomini ko‘pchilik gripp yoki shamollash bilan adashtirgan. “Domashniy ochag” nashri virusning asosiy simptomlari va u bilan bog‘liq boshqa alomatlarga to'xtalib o'tadi.

Asosiy simptomlar:

  • Yo‘tal
  • Nafas qisishi
  • Yuqori harorat

Kuzatilishi mumkin bo‘lgan simptomlar:

  • Ko‘ngil aynishi va ich ketishi
  • Bosh og‘rishi
  • Tomoq og‘rishi
  • Kasallik boshlanishida ba’zi bemorlarning hid va ta’m bilmasligi kuzatilishi mumkin.

Mazkur simptom kuzatilganda ko‘pincha shamollash yoki gripp simptomlaridek qabul qilinishi mumkin. Ba’zilarda hech qanday simptom kuzatilmasligi, ayrimlarda kasallik yengil kechgani sabab zararlanganlik haqida o‘ylab ham ko‘rishmaydi.

Kasallikning yengil kechishi yaxshimi yoki yomon?

Koronavirus yuqtirib olgan ba’zi bemorlar o‘zlarida yangiliklarda ta’kidlanganidek og‘ir simptomlar kuzatilmaganini ma’lum qilgan. Bu bir tomondan yaxshi, boshqa tomondan esa yomon hisoblanadi. Gap shundaki, COVID-19 bilan zararlangan bemorlar kasallik alomatlari kuzatilmagani sabab himoya choralariga amal qilmasligi, boshqalar bilan muloqot qilishi mumkin. Bu esa o‘zi bilmagan holda atrofdagilarga ham virus tarqatishiga sabab bo‘ladi.

Virus yuqtirib olganlar statistikada berilgan raqamdan ko‘proq bo‘lishi mumkinmi?

Virusolog-shifokorlar koronavirusning yengil formasi oddiy shamollash va grippga o‘xshashini ta’kidlaydi.

Koronavirusga chalingan bemorlar soni statistikalarda berilgan raqamdagidan ko‘p bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bunga grippdagidek alomatlar kuzatilgan yoki hech qanday simptom kuzatilmagan har bir odamni tekshirishning texnik imkonsizligi sabab.

Kasallikning birinchi simptomi paydo bo‘lgunigacha bo‘lgan yashirin davri 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Infeksiyaning bunday uzoq vaqt davomda rivojlanishi tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi, virus tarqalishini esa osonlashtiradi.

Koronavirus yuqtirib olinganini vaqtida qanday qilib aniqlasa bo‘ladi?

Koronavirusga xos simptomlardan bilish mumkin.

Konyuktivit

COVID-19 yuqqan bir qancha bemorlarda follikulyar konyuktivit aniqlangan. Bunda ko‘z qizarishi, yiring to‘planishi, kipriklar yopishib qolishi, qichishishi kabilar kuzatilishi mumkin.

Hid bilmaslik

Olimlarning aniqlashicha, burun shilliq qatlamining ayrim to‘qimalarida SARS-CoV-2 birinchi o‘rinda zarba beradigan oqsillar mavjud. Aynan shuning uchun ham organizmga infeksiya kiradi. Bunday simptom kuzatilgan odamlar o‘zlari bilmagan holda virus tashuvchisi bo‘lishi mumkin.

Qorindagi og‘riq

Ba’zilarda qorinda og‘riqning o‘zi kuzatilishi mumkin, ba’zilarda bu pnevmoniyaning asorati bo‘lishi mumkin.

Charchash

To‘satdan charchoqni his qilish koronavirusning simptomi bo‘lishi mumkin. Agar charchaydigan ish bilan shug‘ullanmasangiz ham, charchab qolayotgan bo‘lsangiz, unda mutaxassisga murojaat qiling.

Ich ketish

Xitoylik olimlar dastlabki 204 nafar bemorning yarmida mazkur simptomni aniqlagan. Mazkur belgi sizda kuzatiladigan bo‘lsa, jiddiy qarash va o‘zingizni-o‘zingiz izolyatsiya qilishingiz kerak.

Dunyo bo‘ylab koronavirus qachon tarqalgani ma’lum emas

Ba’zi ekspertlar AQSh, Yevropa va Rossiyada kasallik tashxis qo‘yilishidan avval paydo bo‘lgan, degan taxminda.

Fevralda kasallikka chalingan bemorning hozir kasallikka nisbatan immuniteti bo‘ladimi?

Bu borada aniq fikr aytish qiyin. Shu bois quyidagilarga amal qilish tavsiya qilinadi:

  • Koronavirusni yuqtirib olishdan himoyalanish choralarini ko‘ring.
  • Ijtimoiy masofa saqlashga amal qiling.
  • O‘zingizni-o‘zingiz izolyatsiya qiling.
  • Niqob taqishni unutmang.
  • Qo‘llaringizni tez-tez yuvib turing.

Koronavirus antitanasiga test topshirsa bo‘ladimi?

Antitana testlari mavjud va uning ustida ishlash va ishlab chiqarishga odatdagidan kamroq vaqt sarflangan. Test topshirish mumkin bo‘lgani bilan uning narxi yuqori ekani hozircha kamchiliklardan biri bo‘lib turibdi.

Siz ham boshqalar kabi koronavirus bilan kasallanishingiz mumkinligini yodda tutib, zaruriy choralarga amal qiling, kasallik simptomlari kuzatilishi bilan o‘zingizni izolyatsiya qilib, davolanishni boshlang.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘zi, Inson, boshdan kechirib, Koronavirusni, sezmay qolishi, mumkinmi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя