Главная » 2021 » Октябрь » 5 » Insoniyat yaqin kelajakda suv inqiroziga duch kelishi ma'lum qilindi
23:29

Insoniyat yaqin kelajakda suv inqiroziga duch kelishi ma'lum qilindi


Olimlarning xulosasiga ko‘ra, yigirma yildan so‘ng besh milliarddan ortiq inson ichimlik suvi tanqisligiga duch keladi.

Insoniyat yaqin kelajakda suv inqiroziga duch keladi. Bu haqda BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) o‘tkazgan tadqiqot xulosasida ma'lum qilindi.

Tadqiqotda 20ta xalqaro tashkilot va tadqiqot markazlari qatnashdi. Ularning xulosasiga ko‘ra, yigirma yildan so‘ng besh milliarddan ortiq inson ichimlik suvi tanqisligiga duch keladi. 2018 yilda 3,6 milliard kishi suv tanqisligidan aziyat chekkan.

Ekspertlarning fikricha, insoniyat nafaqat qurg‘oqchilik, balki suv toshqinlaridan ham jabr ko‘rmoqda. JMT bosh kotibi Petteri Taalasning eslatishicha, 2020 yilda Osiyoda yuz bergan yog‘ingarchiliklar Yaponiya, Xitoy, Indoneziya, Nepal, Pokiston va Hindistonda suv toshqinlari keltirib chiqargan – oqibatda yuzlab odamlar halok bo‘lgan, millionlab insonlar boshqa joyga ko‘chishga majbur bo‘lgan. 

Olimlar suv resurslarini boshqarishga zudlik bilan katta mablag‘ yo‘naltirish orqali halokatlar va qurbonlar sonini qisqartirish mumkin deb hisoblamoqda. 

Hozirda 107ta davlat suv xavfsizligi borasida muammoni boshdan kechirmoqda va bu muammolar 2030 yilgacha hal bo‘lmaydi. JMT rahbarining qayd etishicha, bu boradagi eng og‘ir vaziyat Markaziy Osiyo, Afrika va orol davlatlarda yuzaga kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi 50 yilda tabiiy ofatlar oqibatida ikki milliondan ortiq kishi qurbon bo‘lgan. Tabiiy ofatlar yetkazgan iqtisodiy zarar ham 1970-yillardagi 175,4 milliard dollardan 2010 yilda 1,38 trillion dollarga yetgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kelajakda, insoniyat, SUV | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя