Главная » 2021 » Март » 24 » Insoniyat zurriyot qoldirish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — epidemiolog
13:24

Insoniyat zurriyot qoldirish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin — epidemiolog


2045-yilga kelib, odamlar zurriyot qoldirish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Ikan tibbiyot maktabi ekolog va epidemiologi Shanna Svon shunday xulosaga keldi. U o‘zining kitobida 1973-yildan buyon erkaklarda spermatozoidlar miqdori 60 foizga kamayganligi haqidagi tadqiqotni keltirib o‘tgan.  Agar bu tendensiya davom etsa, unda 25 yil ichida spermatozoidlar miqdori nolga yaqinlashish xavfi mavjud.

Svonning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilish muammolari plastik idishlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, tozalovchi mahsulotlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari tarkibidagi kimyoviy moddalar tufayli yuzaga keladi. Ushbu moddalarning ba’zilari shunchalik toksinliki, ular atrof muhitda yoki inson tanasida parchalanmaydi va shu jarayon oqibatida tug‘ilish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.

«Bugungi kunda o‘rtacha 20 yoshli qiz buvisining 35 yoshidagi holatidagichalik serurug‘ emas», — deb yozadi Svon. — Erkaklarga kelsak, kimyoviy moddalar nafaqat spermazoidlar miqdorini kamaytiradi, balki yillar davomida jinsiy a’zolarning hajmini kichraytiradi. Bu kelajak avlod va butun insoniyat uchun jiddiy tahdiddir».

Svonning qo‘rquvlari yana bir bor o‘z asosini topgandek.  O‘tgan yilning dekabr oyida birinchi marta odam platsentasida mikroplastikalar topilgan. Mikroplastik zarralar o‘rganilgan oltita namunaning to‘rttasi ona va chaqaloq organizmlari qismlarida aniqlangan. Tadqiqotchilar mikroplastikalar tanaga qanday kirishini hozirda aniq bilishmaydi.  Uning zarralari vodoprovod suvi, oziq-ovqat, choy paketlari va hatto changda ham uchragan.

Mikroplastikalarning tirik organizmlarda to‘planishi muammosi atrof-muhitning yomonlashishi va plastmassa ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan bog‘liq.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan o‘tgan yili o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha bir kishi kuniga 300-600 mikrozarra plastik iste’mol qiladi.  Okeanni ifloslantiradigan axlatning aksariyat qismini plastik mahsulotlar tashkil qiladi. Plastikning eng kichik zarralari hatto Everest cho‘qqisida ham topilgan.

Avvalroq Everest «yer yuzidagi eng baland chiqindilar poligoni»ga aylangani haqida xabar qilgan edik.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: insoniyat, qobiliyatini, Zurriyot, Epidemiolog | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя