Главная » 2020 » Ноябрь » 17 » Insonlar umrining o‘rtacha qancha vaqtini smartfonlar uchun sarflaydi?
13:51

Insonlar umrining o‘rtacha qancha vaqtini smartfonlar uchun sarflaydi?


Whistle Out tadqiqot kompaniyasi zamonaviy insonlar har kuni smartfonga qancha vaqt sarflashini aniqladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Tadqiqot davomida uchta guruhdagi ming kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan — “bumerlar” (1946—1964-yillarda tug‘ilganlar), “X avlod” (1965—1980-yillar) va “milleniallar” (1981—1996-yillar). Ulardan kuniga o‘rtacha qancha vaqt smartfonga sarflashlari so‘ralgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchala guruhdagilar orasida smartfonlardan foydalanish bo‘yicha u qadar katta bo‘lmagan farq mavjud. “Bumerlar” o‘rtacha 2,5 soat, “X avlod” — 3 soat, “milleniallar” — 3,7 soat sarflaydi. Buning natijasida odam qanchalik yosh bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqtini texnikaga sarflaydi, degan xulosaga kelingan.

Agarda insonning o‘rtacha umri va ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmasligi hisobga olinsa, “milleniallar” umrining 9 yilini smartfonlarga sarflaydi. Taqqoslash uchun, inson o‘z umrining uzoqligidan kelib chiqib uyqu uchun o‘rtacha 15—30 yil sarflaydi.

Zamonaviy smartfonlar uning egasi har kuni ekranga qancha vaqt qarashini ko‘rsatib beradi — iOS va Android sozlamalarida buning uchun maxsus punkt mavjud.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: sarflaydi, umrining, smartfonlar, Insonlar, o‘rtacha, vaqtini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя