Главная » 2020 » Январь » 13 » Insonni uning ko‘zlariga qarab “o‘qishni” o‘rganamiz
21:58

Insonni uning ko‘zlariga qarab “o‘qishni” o‘rganamiz


Filmlarda mentalist va psixologlar insonning mimikasi va jestlariga qarab, uning o‘y-hayollarini, his-tuyg‘ularini “o‘qishini” ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ular miyadagini topishlari uchun qarshisidagi odamni sinchkovlik bilan kuzatishning o‘zi kifoya qiladi. Bu qobiliyat kimlargadir yillik tajriba asosida kelgan bo‘lsa, yana kimlardadir tug‘ma bo‘ladi. Biroq buni ham o‘rganish mumkin. 
Ushbu maqolada suhbatdoshingizni “ko‘rishga” yordam berishi mumkin bo‘lgan belgilar haqida ma’lumot beramiz…

.  U ko‘zingizga qaramaslikka harakat qilyaptimi?
Bu harakat suhbatning “me’daga tegib ketganida” paydo bo‘ladi. Suhbatdoshingiz boshqa bu haqda eshitgisi ham, gaplashgisi ham kelmayapti. Yoki mavjud suhbat mavzusini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. U ham foyda bermasa, suhabatni tugating.

2.  “To‘g‘ri” nigoh

Agar suhbatdoshingiz to‘g‘ri ko‘zingizga qarab turgan bo‘lsa, demak u sizdan hech narsani yashirmayapti. U bu suhbatga tayyorlanib kelgan va bor diqqatini sizga qaratgan. Agar undan nimadir so‘ramoqchi bo‘lsangiz, hoziroq so‘rab oling. Bu siz uchun juda qulay vaqt. 
Bunday nigohga ega insonlar jiddiy suhbatlarga doim tayyor bo‘lishadi va bu ular uchun qiziqarli ham.

3.    Xavotirli nigoh
Agar qarshingizdagi insonning ko‘z qarashlari xavotirli bo‘lsa,  ko‘zlari uyoqdan-buyoqqa qarashdan to‘xtamasa, demak, bu yerda qandaydir bir gap bor. Balki suhbat davomida siz unga qandaydir xavotirli ma’lumot aytgandirsiz, balki bu haqida gapirishga cho‘chiyotgandir. Bunday nigohli insonlar sizni yaxshi tinglamaydi va uning e’tiborini torta olmaysiz ham. 

4.  Pastga qarash

Suhbatdoshingiz doim yerga yoki qo‘llariga qarayaptimi? Odatda, bu kabi harakatlar uyalish vaqtida kuzatiladi. Agar qarshingizdagi odam sizning gapingizdan so‘ng shu holatga tushgan bo‘lsa, demak siz birorta nojo‘ya gap aytib qo‘ygansiz. U bu holatda o‘zini noqulay his etayapti, uyalyapti. 

5.  Tepaga qarash
Suhbatdoshingiz boshdan yuqoriga yoki ko‘zlar balandligida qarayotgan bo‘lsa, bu o‘ziga bo‘lgan ishonchdan darak beradi. Bu yerda ikki variant bor: yo u sizga qandaydir ma’lumotni yetkazganidan g‘ururlanyapti yoki u o‘zini sizdan ko‘ra ishonchliroq his qilayapti.

6.   O‘ng tomonga ko‘p qarash

Bunday nigoh nimanidir eslashga urinishda kuzatiladi. Bunday inson sizni deyarli eshitmaydi, uning bor diqqat-e’tibori o‘sha eslamoqchi bo‘lgan narsasida.   

7.  Chap tomonga ko‘p nigoh tashlash
Chap tomonga ko‘p qarab qolish olingan ma’lumotni tahlil qilishdan darak beradi. Suhbatdoshingiz eshitgan xabariga yechim qidirmoqda. Yoki bo‘lmasa, u sizga qanday javob berishni o‘ylab boshi qotgan.

8.   Qorachiq tepadan-pastga «sakrayaptimi»?

Qarshingizda turgan odamning qorachig‘i xuddi «sakrayotgandek» ko‘rinsa, demak, u sizga yolg‘on ma’lumotlar aytyapti. Bu holatda unga kerakli savolni bera olsangiz, qorachiqlarning harakatiga qarab uning bergan javobi chin yoki yolg‘onligini aniqlab olasiz. 

Xulosa

Mehr ko‘zda deyishganidek, insonlarning ko‘zlariga qarab suhbatlashishga harakat qiling. Yolg‘onchi nigohlardan va yolg‘onchilardan ehtiyot bo‘ling.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя