Главная » 2021 » Январь » 3 » «Instagram»da 250 million obunachiga ega birinchi bloger-futbolchi
17:06

«Instagram»da 250 million obunachiga ega birinchi bloger-futbolchi


Portugaliya va Italiyaning «Yuventus» jamoalari futbolchisi Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng mashhur blogerga aylandi.

Hozirda uning «Instagram» sahifasida 250 million obunachisi bor. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqda rasmiy sahifalar orasidagi rekordni bugungi kunga qadar hech kim yangilashga muvaffaq bo‘lmagan. Mashhurlar uchun 382 million obunachi erishib bo‘lmaydigan raqamligicha qolmoqda.

«Instagram»da ikkinchi o‘rinni amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande egallagan, uning akkauntiga 214 million kishi obuna bo‘lgan. Kuchli uchlikdan amerikalik model Kayli Jenner ham joy olgan. Uning 207 million obunachisi bor.

Ronalduning futbol maydonidagi azaliy raqibi, argentinalik futbolchi, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi futbolchilar orasida «Instagram»da obunachilar soni ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Unga 175 million kishi obuna bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Instagram, Bloger, 250 million, futbolchi, obunachiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя