Главная » 2020 » Январь » 29 » Instagram orqali pul topishni qanday boshlash mumkin?
07:49

Instagram orqali pul topishni qanday boshlash mumkin?


Instagram tezkorlik bilan fotosuratlar almashish bo‘yicha oddiy maydonchadan shaxsiy blogni rivojlantirish uchun qudratli reklama platformasiga aylandi. Ammo sahifaningizni targ‘ib qilish uchun mashhur dastur algoritmi qanday ishlashini aniq tushunishingiz kerak. Quyida sahifangzni rivojlantirish hamda bugundanoq qamrovini oshirishingizga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.


O‘zingizga yoqadigan sohani tanlang

Akkauntingizni targ‘ib qilish uchun qilinadigan birinchi narsa, o‘zingiz qiziqadigan mavzuni tanlashingiz kerak. Shunda yangi kontent yaratishingiz va profilingizni rivojlantirish ehtimoli oshadi. Har qanday ko‘nikmaga asoslangan holda muvaffaqiyatli biznes qurish mumkin, shuning uchun nima qilishni xohlayotganingiz haqida o‘ylang. Ehtimol siz chet tillarini yaxshi bilasiz, tez-tez sayohat qilasiz, mohirlik bilan ovqat pishirasiz, sportni tushunasiz yoki auditoriyasi kutib turgan tayyor biznes-g‘oyangiz bor. Energiya va vaqtingizni sarflashni xohlaydigan eng yaxshi variantni tanlang.


Qiziqarli hikoyalar ulashing

Instagram’ni faqatgina chiroyli fotosuratlarni almashish orqali mashhur qilish mumkin deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ushbu fotosuratlarning tagidagi izohlari fotosuratlarning o‘zi kabi muhimdir, chunki ular obunachilar bilan aloqada bo‘lib, qiziqishlarini saqlab qolishingizga yordam beradi. Shaxsiy brendingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun qiziqarli hikoyalar va foydali maslahatlarni baham ko‘ring, o‘zingiz va loyihalaringiz haqida aytib bering. Yodingizda bo‘lsin, xabarlar mazmunli bo‘lishi va aniq tilda yozilishi kerak. Odamlar o‘zlarini murakkab atamalar bilan qiynashdan ko‘ra, chalg‘ish va tanaffus qilish uchun Instagram’ga kirishadi.

Postlarni reja asosida nashr eting

Postlarni davomli nashr etish Instagram sahifangizni ommalashtirishning yana bir muhim shartidir. Ko‘pchilik taniqli blogerlar har kuni yoki haftasiga kamida bir necha marta post qo‘yadilar. Agar bunday jadvalga rioya qilishingiz qiyin bo‘lsa, Seolit, Crowdfire yoki ViralTag kabi vositalar bilan postlaringizni rejalashtirishingiz mumkin. Ushbu platformalar sizga kontentni oldindan tayyorlash, nashr etish sanasi va vaqtni belgilash, postlarni avtomatik ravishda sahifangizga yuklash imkonini beradi.

To‘g‘ri xeshteg’lar  (masalan, #mening_kasbim) tanlang

Xeshteg’lar muhim, chunki ular boshqa foydalanuvchilarga sizning postlaringizni topishga imkon beradi. Instagram bitta fotosuratga 30tagacha heshteg’lar qo‘yish imkonini beradi, ammo ularning barchasi siz uchun birdek foydali bo‘lmaydi. Umumiy atamalarni ishlatishdan saqlaning, chunki ularning mashhurligi blogingiz uchun foydali bo‘ladi degani emas. Bundan tashqari, ular minglab boshqa odamlarning postlarini namoyish etadi, shuning uchun sizning postingiz yana-da mashhurroq blogerlarning postlari soyasida qolib ketishi va raqobatga dosh berolmasligi ehtimoli bor.


Biznes-akkauntni yoqing

Instagram sahifangizni biznes-akkauntga aylantirish orqali uni targ‘ib qilish uchun turli xil vositalarga ega bo‘lasiz. Obunachilaringiz qayerdan ekanini, qaysi postlar ko‘proq qiziqarli hisoblanishini, shuningdek, postlarni nashr qilish yaxshiroq bo‘lgan kunlar va vaqtlarni tahlil qilishingiz mumkin. Biznes-akkaunt bilan qo‘lga kiritilgan yana bir afzallik – reklama berish imkoniyatidir. Profilni yoqish bepul – faqat Facebook’da ham sahifaga ega bo‘lishingiz kerak.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя