19:43 Insultni o‘z vaqtida aniqlash va inson hayotini saqlab qolishga yordam beruvchi maslahatlar | |
Insultni boshdan o‘tkazgan kishilarning 80 foizga yaqini nogiron bo‘lib qoladi. Ularning 25 foizi umrining qolgan qismida o‘zgalarning doimiy parvarishiga muhtoj bo‘ladi. Nima uchun statistika bunday? Shunchaki aksariyat o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishga shoshilmaydi. Kasallik miyaning keng uchastkasiga zarar yetkazib bo‘lganidan keyingina tez yordam chaqirishadi. Insultni vaqtida aniqlash va uning oldini olishga doir tavsiyalarni taqdim etamiz.
Insultning ilk belgilari:
Darhol shifoxonaga! Uy sharoitida tashxis qo‘yish va davolashdan foyda yo‘q. Maxsus uskunalarsiz hatto shifokorlar ham 10 foiz holatlarda tashxis qo‘yishda adashishadi. Shu bois insult gumon qilinganda bemorni imkon qadar tezroq shifoxonaga yetkazish kerak. Shunday bo‘lsa-da, tez yordam yetib kelgunicha bemorga biroz yordam berishingiz mumkin: Jabrlanuvchining boshini baland yostiqqa qo‘yib, nafas olishga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan kamar va ko‘ylak tugmalari kabilarni yeching.
Insultni aniqlashning eng tezkor usuli
Manba: "sof.uz"
| |
|