Главная » 2021 » Июль » 1 » “Inter” va “Yuventus” Eldor Shomurodov uchun kurashmoqda
19:44

“Inter” va “Yuventus” Eldor Shomurodov uchun kurashmoqda


“Jenoa” klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodovning xizmatlariga Italiyaning bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Yuventus” va “Inter” asosiy da’vogarlardir. Bu haqda “Tuttojuve” nashri xabar tarqatdi.

“Seleksiya ishlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan “Keksa Sinora” A seriyaning yulduz futbolchilarining emas, balki 25 yoshli “Jenoa” va O‘zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Eldor Shomurodov transferiga asosiy e’tiborini qaratgan. 

“Inter” esa Shomurodovni jamoaga olib kelish uchun iqtidorli futbolchisi — Sebastiano Espositoni ham transfer summalariga bonus sifatida qo‘shib bermoqchi va shu tariqa “zebralar”dan o‘zib ketishni maqsad qilgan”, deyiladi xabarda. 

“Inter” ham, “Yuve” ham to‘rtinchi hujumchi sifatida qaralayotgan Shomurodovni sotib olish uchun jiddiy raqobatga kirishgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsumda Italiya A seriyasida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yuventus, kurashmoqda, Eldor Shomurodov, Inter | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя