Главная » 2021 » Август » 24 » Internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgichdan 95 ming dollar chiqdi
23:18

Internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgichdan 95 ming dollar chiqdi


Janubiy Koreyalik fuqaro internet-do‘kon orqali sotib olgan ishlatilgan muzlatgich ichidan 95 ming dollar topib oldi. Bu haqda “Mothership “ xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak muzlatgichni yuvganda uning ichidan 110 million von miqdoridagi 2200 kupyurani topgan. Bu 95 ming AQSh dollariga teng.

Huquqni muhofaza qilish organlari ayni paytda muzlatgichning sobiq egasi shaxsini aniqlashga harakat qilyapti.

Agar pulning avvalgi egasi olti oy ichida topilmasa, u holda bu mablag‘ uni topgan kishiniki bo‘lishi mumkin. Lekin u topilgan mablag‘ning 22 foizini soliq sifatida to‘laydi. Aks holda, u hamma pulni qaytarishga majbur.


Прикрепления: Картинка 1
Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Muzlatgich, Internet-do‘kon | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя