Главная » 2020 » Декабрь » 20 » Internet foydalanuvchilari #FreedomToAbdukarim aksiyasi doirasida Turkiya rahbari Erdo‘g‘anga murojaatlar yo‘llashmoqda
09:30

Internet foydalanuvchilari #FreedomToAbdukarim aksiyasi doirasida Turkiya rahbari Erdo‘g‘anga murojaatlar yo‘llashmoqda


Ijtimoiy tarmoq foydalanivchilari Abdukarim Mirzayev ozodligi uchun #FreedomToAbdukarim aksiyasini boshlashdi.

Bu haqda "korrespondent.uz" yozmoqda.

Dunyo bo‘yicha ko‘plab internet foydalanuvchilari o‘zbek jurnalisti Turkiyada asossiz hibsga olinganligidan norozilik bildirishmoqda. Abdukarim Mirzayev ozodligi uchun boshlangan harakat katta ijtimoiy aksiyaga aylanib bormoqda.

#FreedomToAbdukarim aksiyasi Twitter, Facebook, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa vaqt ichida ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

Twitter foydalanuvchilari Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anga Abdukarim Mirzayev ozod qilinishini so‘rab murojaat qilishdi.

«Sizdan iltimosim bor, yurtingizda bizning fuqaromiz hibsga olingan va uning aybsizligi tan olingan, ammo rasmiylar uni deportasiya qilishga qaror qilishdi, iltimos, adolatni ta’minlang. U juda yaxshi odam Abdukarim Mirziyayev»,

«Hurmatli Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Istanbuldagi sudlanayotgan birodarimiz Abdukarim Mirzayevga yordam berishingizni iltimos qilamiz»,

«Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, do‘stimiz AbduKarim Mirzayev noto‘g‘ri qaror bilan polisiya bo‘limiga olib ketilgan va bir hafta qamoqqa olingan. Sizdan iltimosim shuki, uni qo‘yib yuboring va adolat bilan qaror qabul qiling», - deb yozishadi Twitter foydalanuvchilari Erdo‘g‘anga murojaatlarida.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: aksiyasi, murojaatlar, Erdo‘g‘anga, foydalanuvchilari, Turkiya, doirasida, Internet | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя