Главная » 2021 » Январь » 28 » Internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan veb-saytlar reytingi e’lon qilindi
22:02

Internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan veb-saytlar reytingi e’lon qilindi


«Visual Capitalist» dunyo bo‘ylab internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p tashrif buyuriladigan 50 ta veb-saytlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, kuchli 5 quyidagilardan iborat bo‘ldi (oylik muddat hisobida):

1. Google -  92,5 mlrd.

2. YouTube - 34,6 mlrd.

3. Facebook - 25,5 mlrd.

4. Twitter - 6.6 mlrd.

5. Wikipedia - 6.1 mlrd.

Ta’kidlanishicha, “Google”da yiliga 2 trillionga yaqin qidiruv so‘rovlari kuzatiladi.  Platforma foydalanuvchilari har kuni o‘rtacha 34 daqiqa vaqtini “Facebook”da o‘tkazadi. 2001 yilda Larri Sanger va Jimmi Uels tomonidan  yaratilgan «Vikipediya» Internet-entsiklopediyasida 50 milliondan ortiq maqola joylashtirilgan. Saytning ingliz tilidagi maqolalarining muhim qismi uchun faqat bir kishi javobgardir. 2017 yilda Stiven Pruitt "Time" jurnali tomonidan 3 milliondan ortiq tahrir va Vikipediyaning 35.000 sahifalarini yozgani uchun "Internetdagi eng nufuzli insonlar" qatoriga kiritilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tashrif, Internet, veb-saytlar, reytingi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя