Главная » 2020 » Май » 23 » Internet tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
09:38

Internet tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi


Monash universiteti, Svinbern texnologiya universiteti va Melburn Qirollik texnologiya universiteti (MQTU) tadqiqotchilari muhim yutuq haqida ma’lum qildilar. Mutaxassislarning aytishicha, ular Internet tezligining dunyo bo‘yicha yangi rekordini o‘rnatishdi.

Ta’kidlanishicha, olimlar sekundiga 44,2 terabit tezlikka erishgan. Ushbu tezlik bir sekundda 100 GB lik 50 dan ortiq Ultra HD Blu-ray disklaridagi ma’lumotni yuklab olish uchun yetarli hisoblanadi.

Sinov Melburn shahridagi MQTU kampusi va Klashton shahridagi Monash universiteti o‘rtasida tortilgan optik tolali aloqa kanali orqali o‘tkazildi. Erishilgan tezlik jahon rekordi deb qayd etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rekord, o‘rnatildi, Internet, tezligi, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя