Главная » 2021 » Май » 4 » Internetda amerikalik operatorning dron yordamida bitta dublda olingan ajoyib videosi tarqaldi
10:37

Internetda amerikalik operatorning dron yordamida bitta dublda olingan ajoyib videosi tarqaldi


Minneapolisda Jey Kristensen ismli yigit drondan foydalangan holda eng murakkab videolarni suratga olish orqali mashhurlikka erishgandi. Bu safar Kristensen o‘z dronini attraksionlarga ega ulkan savdo markazida uchirdi.

Kristensen o‘zining navbatdagi obyekti sifatida dunyodagi eng yirik savdo markazlaridan biri — Mall of America’ni tanlagan.

Video bu safar ham bitta dublda olingan, unda qo‘shimcha montaj yoki kompyuter grafikasi yo‘q.

Avvalroq Kristensenning bouling bo‘ylab uchib, keglilarni yiqitgan dron videosi mashhurlikka erishgan edi. Ushbu video Twitter’da tarqalgach, “Galaktika qo‘riqchilari” rejissori Jeyms Gann e’tibor qaratgan. Rejissorga Kristensenning ishi shu qadar yoqqanidan u Jeyni Londonga, “Galaktika qo‘riqchilari”ning uchinchi qismini suratga olishga taklif etgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: Dron, operatorning, INTERNETDA, tarqaldi, Amerikalik, videosi, ajoyib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя