Главная » 2018 » Апрель » 11 » Internetda keskin fikrlari bilan tanilgan imom ishdan olindi
18:55

Internetda keskin fikrlari bilan tanilgan imom ishdan olindi


Toshkent shahridagi «Do‘mbirobod» masjidi imom-xatibi Shermurod Tog‘ay (Alisher-domla) ishdan olindi.

Jamoatchilikka o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va keskin fikrlar bildirishi bilan ma’lum bo‘lgan bu imom 30 mart kuni vazifasidan ozod etilgan.

O‘zbekiston Musulmonlar idorasidagi manbaning «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, idoraning Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad ham Shermurod Tog‘ay bilan bir kunda lavozimidan ozod etilgan.

Hozirda ushbu iste’folarning aniq sababi ma’lum qilinmagan.

Shermurod Tog‘ay Saidbakir Dovudov «Do‘mbirobod» masjidiga imom etib tayinlangan.

Qayd etish kerakki, bu 3 mulozim ham ijtimoiy tarmoqda faol sanaladi. Xususan, mart oyi oxirida Shermurod Tog‘ay O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatini tanqid qilgandi. U shuningdek, mart oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitani juma ma’ruzasi vaqtida tanqid ostiga olgandi va O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi rahbariyatidan iste’foga chiqishni talab qilgandi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Internet, tanilgan, imom, fikrlar, Keskin, ishdan olindi, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя