Главная » 2020 » Февраль » 26 » Internetda navbatdagi aldov. IIV fuqarolarni ogohlantirdi
23:23

Internetda navbatdagi aldov. IIV fuqarolarni ogohlantirdi


So‘nggi paytlarda internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limidan bildirishnoma” sarlavhasi ostida xabarlar paydo bo‘lmoqda. Unda go‘yoki poronografik saytlarga kirgan foydalanuvchi ogohlantirilib, IIV tomonidan 200 000 so‘m (ayrim hollarda 300 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgani va “Webmoney” elektron to‘lov tizimi orqali davlat hisobiga to‘lovni amalga oshirilishi lozimligi aytib o‘tilgan. Aks holda qurilmada saqlangan kontaktlarga foydalanuvchining pornografik foto va video mahsulotlar joylashtirilgan internet resurslaridan foydalangani haqida hodisa bayoni hamda foydalanuvchiga jarimani to‘lashi talabi bilan SMS xabar yuborilishi haqida ogohlantirilgan.

Ta’kidlab o‘tilgan holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qilgan:
 

– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibida “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi” nomi bilan faoliyat yurituvchi bo‘lim yoki bo‘linma mavjud emas;

– “Webmoney” to‘lov tizimida O‘zbekiston Respublikasi IIV tarkibiy va hududiy tuzilmalari elektron hamyonlariga ega emas.

“Shunga muvofiq, fuqarolarimizni internet tarmog‘idan foydalanayotganda bu kabi salbiy holatlarga duch kelmasligi uchun firibgarlarning aldoviga ishonib qolmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

IIV Axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя