Главная » 2019 » Декабрь » 28 » Internetda ruxsatsiz olish mumkin bo‘lmagan 5 narsa
09:49

Internetda ruxsatsiz olish mumkin bo‘lmagan 5 narsa


Real hayotda birovning narsasini ruxsatsiz olmaslik kerakligini bilamiz. Ammo internetda go‘yo boshqachaday tuyuladi: axir, muallifning surati yoki matnini olib qo‘ymaymiz, shunchaki nusxa olib, joylashtiramiz – nima qilibdi?
Biroq virtual narsalarning ham egalari bor. So‘ramasdan olgan kishini jarima bilan jazolashga ularning haqqi bor. Masalan, quyidagi masalalarda ehtiyotkor bo‘lgan ma`qul.

Ism
Internetda taxallus tanlayotganingizda bu ismning haqiqiy egasi qarshimasligiga va boshqalar sizlarni chalkashtirmasligiga ishonch hosil qiling. 
Taxallus tanlayotganingizda quyidagilarni tekshiring:
•  Bu ismni aynan sizning sohangizdagi odam ishlatmayaptimi? Rassom va qo‘shiqchi bu borada sudlashish ehtimoli kam bo‘lishi mumkin, ammo bir taxallusga ega ikki yozuvchi masalasi qiyinroq.
•  Ismning egasi uni taxallus sifatida qo‘llashingizdan norozimasmi? To‘g‘ri, keng tarqalgan ism-familiyaning hamma egalaridan ruxsat so‘rab chiqolmaysiz. Ammo ism kamyob va mashhur odamga tegishli bo‘lsa, so‘ragan ma’qul. Rad etishsa – har doim yangi taxallus o‘ylab topsa bo‘ladi.

Shrift
Shriftlar – kitoblar yoki suratlar singari intellektual mulk hisoblanadi. Ularni yaratish ustida kimlardir mehnat qiladi va ularning o‘z mehnat mahsuli ishlatilishiga ruxsat berish yoki bermaslik bo‘yicha haqqi bor. 
Dizaynerga reklama varaqasi yoki sayt yaratishni buyurtma qilayotgan bo‘lsangiz, muallifning shriftlardan foydalanishga ruxsatini ko‘rsatishini so‘rang. Shrift uchun litsenziya qoidlarini diqqat bilan o‘qing: ba’zida shunday bo‘ladi – shriftdan istagan odam bepul foydalanishi mumkin, biroq tijoriy maqsadlarda emas. Yoki litsenziya faqat dizaynerga berilgan bo‘ladi, butun bir kompaniyaga emas: bunday holatda shrift muallifi sizni sudga berishi va yutib chiqishi mumkin.


Fotosuratlar
Reklama yoki tijoriy maqsadlarda internetdagi biror rasmdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, mualliflar bu haqida xabardor ekani va norozi emasligini aniqlashtiring.
Internetda muallifi ko‘rsatilmay e’lon qilingan suratlarning ham yaratuvchisi bor – kimdir fotosuratni o‘g‘irlagan bo‘lsa, buni bilmasangiz – bu javobgarlikdan xalos bo‘lishingizni anglatmaydi. Muallifni topolmasangiz, yaxshisi boshqa surat tanlang va pulingizni xavf ostiga qo‘ymang. 

Videoroliklar
Videorolikning yaratuvchisi va mualliflik huquqi egalari bo‘ladi. Video yaratuvchisi videoni boshqa bir odamga, masalan, televideniyega berish orqali mualliflik huquqini ham topshirishi mumkin. Bunda televideniye videoning mualliflik huquqi egasi hisoblanadi, rejissyor, ssenariynavis va kompozitorlar uning yataruvchisi bo‘lib qoladi.
Internetdagi videoni qonunan ishlatish uchun ikki narsani aniqlashtirish lozim: video yaratuvchisi kim va mualliflik huquqi kimga tegishli. Mualliflik huquqi egasidan rolikdan foydalanish uchun ruxsat olishingiz lozim. Video ijodkori mualliflik huquqi egasi bo‘lmasa, uning ruxsati kerakmas – ammo nomini keltirib o‘tish shart.

Firma nomi
Saytingizning nomi boshqa bir tovar belgisiniki bilan uyqash emasligini tekshirib ko‘ring. Bu masalada yurist bilan maslahatlashganingiz ma’qul – u mualliflik huquqining barcha nozik tomonlaridan xabardor bo‘ladi. Shundan so‘ng sayt nomini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazing. Buni boshqa birov qilishga sizdan oldin ulgursa, saytni yopishga majbur qilishi mumkin – yillab sarflagan mehnatingiz zoye ketadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя