Главная » 2020 » Май » 13 » Iordaniya koronavirusni qanday yengayotgani ma’lum qilindi
10:51

Iordaniya koronavirusni qanday yengayotgani ma’lum qilindi


Iordaniya koronavirusga qarshi kurashni hali infeksiya mamlakatga kirib kelmasidan avval boshlagan edi. Bu haqda deputat Ibrohim Baddur ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, hali mamlakat ichida virus aniqlanmay turib karantin holati joriy etilgan. Chetdan kirib kelayotganlar esa darhol ikki haftalik karantinga joylashtirilgan. Barcha jamoat joylari — maktablar va masjidlar yopilgan.

Ushbu chora-tadbirlar yetarli natija berdi. Iordaniyada bor-yo‘g‘i 576 kishida virus aniqlandi va ayni vaqtga kelib ulardan 390 nafari tuzalib ketgan bo‘lsa, 9 bemor vafot etgan.

Shunga qaramay Ibrohim Baddur mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishidan xavotirda. Chunki aholida hali kasallikka qarshi immunitet shakllanmagan.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qanday yengayotgani, Iordaniya, Koronavirusni, ma’lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя