Главная » 2018 » Март » 14 » iPad Pro hamda iPhone 2018 haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi
22:22

iPad Pro hamda iPhone 2018 haqida yangi ma’lumotlar e’lon qilindi


Tayvanning Economic Daily News jurnalida yozilishicha, Apple kompaniyasi joriy yilda 11 dyuymli displeyga ega yangi iPad Pro’ni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi.

Avvalroq iPad Pro 10,5 dyuymli displeyga ega bo‘lishi hamda Home tugmachasi olib tashlanishi haqida ma’lum qilingandi. Taxminlarga ko‘ra, uning displeyi 11 dyuymga teng bo‘ladi. Shuningdek, maqolada keltirilishicha, 11 dyuymli iPad Pro hamda 12,9 dyuymli yangilangan iPad Pro Apple’ning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Worldwide Developers Conference anjumanida taqdim etiladi.

iPad Pro’ning yangi modeli Face ID hamda sakkiz yadroli ancha tezkor Apple A11X protsessori bilan jihozlanadi.

Shu bilan birga jurnalda qayd etilishicha, Apple 2018-yilning birinchi yarmida iPhone’ning yangi modelini taqdim etishni rejalashtirmayapti.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: iPad Pro, iPhone 2018 | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя