Главная » 2020 » Ноябрь » 10 » «iPhone 12 mini»: kichkina ayfonning «katta» nuqsoni topildi
17:43

«iPhone 12 mini»: kichkina ayfonning «katta» nuqsoni topildi


2020-yilning 13-noyabridan yana ikki ayfon: «iPhone 12 mini» hamda «iPhone 12 Pro Max» sotuviga start beriladi. Reliz arafasida bu smartfonlarning tafsilotlari, xususan, kamchiliklari («iPhone 12 mini») ham ochiqlanmoqda, deb yozmoqda «Ferra.ru».

5,4 dyuymli «iPhone 12 mini» — «Apple» 2020-yilda taqdim etgan flagmanlarning eng kichkinasi. Bu smartfonning «aybi» kichikligida, shuning uchun ham muqobil ishlash davri cheklangan (ajralmas akkumulyatori hajmi kichik). Sharhlovchilarga ko‘ra, juda faol ishlatilmasa mini ayfon quvvatni bir kunga ushlab beradi. Bu borada uning ahvoli, «iPhone SE» (2020)ni istisno qilganda, barcha ayfonlarnikidan yomon.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, «iPhone 12 mini» bir quvvatlanishda 15 soatgacha tinmay video ko‘rishga yaraydi. Solishtirish uchun: oddiy «iPhone 12»da — 17 soat, «12 Pro Max»da — 20 soat to‘xtovsiz video ko‘rish mumkin.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ayfonning, nuqsoni, topildi, mini», katta, Kichkina, iPhone 12 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя