Главная » 2017 » Август » 25 » Iphone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda masxara bo‘ldi (video)
11:01

Iphone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda masxara bo‘ldi (video)


Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan Anastasiya ismli qizning qilig‘i ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinib, foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Videoda Anastasiya ismli qizning mashina ichida sevgan yigitidan “olmali” smartfon olib berishni so‘rab yig‘lagani aks etgan. U yigitidan hozirning o‘zidayoq iPhone 7 olib berishni talab qilmoqda. “Men hammaga iPhone 7 olib berishingni aytganman. Sen esa uni haligacha sovg‘a qilganing yo‘q”, deb yig‘ladi qiz.

Yigit undan biroz kutishni, puli yo‘qligini aytganda, Anastasiya “iPhone 7 olib berishga va’da berganinggi besh oy bo‘ldi, ammo haligacha olib bermading, hoziroq olib ber”, deb ko‘z yoshi to‘kkan.

Qiz o‘zining mazkur harakatlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi. Foydalanuvchilar qizni injiqlik qilayotgan yosh bolaga o‘xshatishdi. Viderolikni yarim million foydalanuvchi tomosha qildi.

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: iPhone, ijtimoiy tarmoqlarda masxara bo‘ldi, 7 olib, yig‘lagan qiz, berishni so‘rab | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя