Главная » 2016 » Ноябрь » 2 » iPhone 8 da simsiz quvvat olish imkoniyati bo‘ladi
09:53

iPhone 8 da simsiz quvvat olish imkoniyati bo‘ladi


Yangi iPhone’ning taqdimoti 2017-yil sentabrida bo‘lib o‘tadi. “Hi-tech.Mail.ru”ning yozishicha, yangi qurilma iPhone’dan jiddiy farq qilgani sababli, u iPhone 7s emas, balki iPhone 8 nomini oladi.

Taqdimoti bu yil bo‘lib o‘tgan iPhone 7 da simsiz quvvat olish imkoniyati bo‘lishi kutilgan edi, chunki Apple’ning asosiy raqobatchisi — Samsung’ning flagman smartfonlarida bunday funksiya nazarda tutilgan.

Biroq Apple yangi texnologiya tatbiqini kelasi yilga qoldirgan ko‘rinadi. Apple’ning ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy hamkori hisoblangan Foxconn hozirda zaryad qurilmalarining maqbul barqarorligiga erishish yo‘lida ishlamoqda.

Bundan tashqari, Foxconn ishlab chiqarish quvvatlarini kerakli darajagacha oshirishi lozim. Hozircha Apple va Foxconn mazkur axborotga hozircha izoh bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Nikkei korporatsiyasi yangi iPhone’lar shisha korpus, OLED-ekran va USB Type-C portlari bilan ta’minlanishi haqida xabar bergan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Telefon uchun | | Теги: iPhone, iPhone 8, simsiz quvvat olish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя