Главная » 2017 » Август » 15 » iPhone 8 ning yakuniy dizayni ma’lum bo‘ldi
10:12

iPhone 8 ning yakuniy dizayni ma’lum bo‘ldi


iPhone 8 ning yangi suratlari paydo bo‘ldi. Bu mavjud bo‘lganlar ichida eng batafsil namuna hisoblanadi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

“Tasdiqlashim mumkinki, bu iPhone 8 ning yakuniy dizayni. Oddiy metal bo‘lagiga o‘xshash ko‘plab maketlardan farqli ravishda, bu namuna juda yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan”, — deydi Forbes muxbiri Gordon Kelli.

Smartfonning orqa qopqog‘i simsiz quvvatlash imkonini berish uchun oynadan ishlangan. Shuningdek, iPhone 8 smartfoni 5,8 dyumli ramkasiz ekranga ega. Displeyning yuqori qismida datchik va ovoz chiqaruvchi dinamik joylashgan. Uning gabaritlari 4,7 dyumli displeyga ega iPhone 7 dan kattaroq.

Muxbirning qayd etishicha, Apple barmoq izini oluvchi Touch ID skaneriga ega Home tugmasidan voz kechmoqchi. Uning o‘rniga yuzni skanerlovchi Face ID keladi.

iPhone 8 Apple’ning har yili bo‘ladigan taqdimotida — 2017-yilning kuzida namoyish etiladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: ma’lum bo‘ldi, iPhone 8, yakuniy dizayn | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя