Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 14 » iPhone smartfonlari xavfsizlik tizimi kuchaytiriladi
21:52
iPhone smartfonlari xavfsizlik tizimi kuchaytiriladi

Apple kompaniyasi o‘zining iPhone smartfonlariga nosanksion kirish imkonini qiyinlashtirish uchun kerakli choralarni qabul qiladi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi.

Kompaniya smartfonlarning operasion tizimiga o‘zgarishlar kiritmoqchi - qurilma bir soat davomida blokdan yechilmasa, u va kompyuter o‘rtasidagi USB orqali aloqa tugatiladi. Apple vakillari shu orqali iPhone egalarining shaxsiy ma’lumotlarini firibgar va jinoyatchilardan himoya qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, kompaniya hukumat smartfonlarni beixtiyor tortib olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashovchi foydalanuvchilarning qurilmalarni qo‘llash xavfsizligiga e’tibor qaratmoqda. O‘zgarishlar iOS12 mobil operasion tizimida va iOS11'ning so‘nggi versiyalaridan birida amalga oshiriladi.

Maqolada qator firmalar USB yordamida iPhone xavfsizlik tizimining parolni to‘g‘ri kiritishga urinishga nisbatan cheklovlarga tegishli sozlamalarini o‘zgartirish imkonini beruvchi uskunani ishlab chiqishayotgani qayd etilgan. Usul keng tarqalmoqda.

Manbaga ko‘ra, kompaniya mijozlarni xakerlar va firibgarlardan himoyalash uchun o‘zining har bir mahsuloti xavfsizlik tizimlarini mustahkamlamoqda. Kompaniya shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va ularning ishini qiyinlashtirish fikridan yiroq ekanini qo‘shimcha qilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Texnologiya | Просмотров: 84 | Добавил: ADMIN | Теги: Smartfon, Iphone, kuchaytiriladi, xavfsizlik tizimi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |