Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 12 » «iPhone X Plus» uchtalik kameraga ega bo‘ladimi?
21:06
«iPhone X Plus» uchtalik kameraga ega bo‘ladimi?

«Apple» kompaniyasining shartli ravishda «iPhone X Plus» nomini olgan yangi flagmaniga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb xabar beradi «NV.ua».

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaga 6,5 dyuymli displey o‘rnatiladi.

Smartfon o‘lchamlari 157,2 x 77,1 millimetrni tashkil etadi, bu 5,5 dyuymli «iPhone 8 Plus»ga nisbatan biroz kichikroq demakdir (158,4 x 78,1 millimetr). Tarqalgan mish-mishlar «Apple»ning yangi gadjeti «qulay korpus»ga ega bo‘lishini tasdiqlaydi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, «iPhone X Plus» uchtalik kameraga ega bo‘ladi. Biroq «PhoneArena» jurnalistlarining ta’kidlashicha, «iPhone» modeliga ikkitalik kamera o‘rnatiladi, sxemadigi uchinchi nuqta «vspishka» bo‘lishi mumkin.

Korpusning o‘ng tarafidan oldingidek ekranni bloklash va mobil qurilmani o‘chirish tugmasi o‘rin oladi. «iPhone X Plus» korpusi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan ishlanadi va «Gorilla Glass» 5 oynasi bilan himoyalanadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Texnologiya | Просмотров: 101 | Добавил: ADMIN | Теги: iPhone X Plus | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |