Главная » 2018 » Январь » 11 » iPhone X smartfoni egalari korpus va displey oralig‘iga soch-soqollari ilinib qolayotganidan shikoyat qilishdi
21:00

iPhone X smartfoni egalari korpus va displey oralig‘iga soch-soqollari ilinib qolayotganidan shikoyat qilishdi


iPhone X egalari smartfonning korpusi va displey oralig‘iga sochlari va soqollari ilinib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb xabar berdi, Lenta.ru nashri.

Mazkur muammoni Reddit i Apple ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari muhokama etishdi. Ularning so‘zlariga qaraganda, smartfonni quloqlaridan olayotganda korpus va displey oralig‘iga ilinib qolgan soch-soqollari yulinib, jonlarini og‘ritayotganidan shikoyat qilishgan.

iPhone X smartfoni 2017 yilning noyabr oyida savdoga chiqqan. Uning egalari smartfonning kamchiliklaridan bir necha marta shikoyat qilishdi. Bundan tashqari, displeyning kuyib qolishi, yashil chiziqlar paydo bo‘lishi, dinamikadagi defektlar, Face ID ning yaxshi ishlamayotgani kabi muammolar ham muhokama etildi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: iPhone X | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя