Главная » 2020 » Июнь » 9 » «Ishqiy sahna» tasvirini 1 mlrd. so‘mga baholagan tovlamachi ushlandi
21:22

«Ishqiy sahna» tasvirini 1 mlrd. so‘mga baholagan tovlamachi ushlandi


Xivada fuqaroni qo‘rqitib, 1 mlrd. so‘m talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, fuqaro J.B. fuqaro B.J.ning «G» ismli tanishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganligini videotasvirga olganligini, agar yil boshida 500 mln. so‘mga sotgan bino-inshootini 1 mlrd. so‘mga qayta sotib olmasa, tasvirlarni internetda tarqatish bilan qo‘rqitadi.

Shu tariqa J.B. o‘ziga tanish «boyvachcha»ni berk ko‘chaga tiqqaniga ishonch hosil qilib, undan xotirjam tarzda 90 mln. so‘m va 20 000 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departament (IIB vakillari bilan hamkorlikda) xodimlari tomonidan ushlandi.

Holat yuzasidan J.B.ga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: «Ishqiy sahna», baholagan, tovlamachi ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя