Главная » 2017 » Август » 21 » Islandiyada “Spark” avtomobili antiqahramonga aylandi
12:43

Islandiyada “Spark” avtomobili antiqahramonga aylandi


Islandiya poytaxti Reykyavik shahridan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Keblavik xalqaro aeroportida yengil rusumdagi avtomobil haydovchisi o‘zining shubhali harakatlari tufayli polisiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Bu haqda Iceland Monitor nashri xabarberdi.

Polisiyachi mashinani boshqargan 20 yoshlar atrofidagi yigitga avtoulovdan tushishni va taslim bo‘lishni talab qilgan. Biroq, bunga javoban shubxali ko‘ringan shaxs tartib posboniga zarba berib, qochishga uringan. Yo‘lda harakatlanayotgan “Chevrolet Spark” avtomobilini to‘xtatib, uni egasidan tortib olgan tartibbuzar ta’qibdan qutulish uchun mashinada aeroportning kutish zaliga qarab harakatlangan. Biroq, to‘siqni buzib o‘tishning uddasidan chiqmagan.

Hozirda mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: antiqahramonga, aylandi, Islandiyada “Spark” avtomobili | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя