Главная » 2017 » Октябрь » 27 » Islom Karimov fondi yangi tanlovni e’lon qildi
20:18

Islom Karimov fondi yangi tanlovni e’lon qildi


Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun Fond grantlarini taqdim etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda O‘zbekistonda hamda chet el oliy o‘quv yurtining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki muvaffaqiyatli bitirgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan iqtidorli va iste’dodli yigit-qizlar ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun nomzod Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo) Suv va yer resurslarini boshqarish, Mashinasozlik texnologiyalari, Oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyalari, Oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, Arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), Dizayn (mahsulot dizayni, san’at va me’morchilik dizayni), Rassomlik mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan (yoki ayni paytda o‘qishni tamomlayotgan) bo‘lishi shart.

Fond grantini qo‘lga kiritishni istagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

- faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash;

- Vatani va xalqining iqtisodiy va ma’naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi va hayotiy maslagi deb bilish;

- umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarashi va yuksak axloq sohibi bo‘lishi;

- tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish hamda kamida bitta xorijiy tilni a’lo darajada bilish.

Hujjatlar 2017 yil 6 noyabrdan 17 noyabrgacha Fondning saytiga (fondkarimov.uz) elektron ko‘rinishda yuboriladi. Talab etilgan hujjatlar, tanlov shartlari muddatlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 24 uydan yoki +99871 237 3420; 237 3813 telefon raqamlari hamda Telegram messenjeridagi alohida kanal (@fondkarimov) orqali olish mumkin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Islom Karimov, fondi, Islom Karimov fondi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя