Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » Islom Karimovning 17 yillik haydovchisi Birinchi prezidentdan nimalarni o‘rgangani haqida gapirdi
20:47

Islom Karimovning 17 yillik haydovchisi Birinchi prezidentdan nimalarni o‘rgangani haqida gapirdi


Mustaqillik asoschisi veb saytida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haydovchilik qilgan G‘ulomjon Hakimjonov xotiralari e’lon qilindi. 

" - Men 1999 yildan, 20 yoshimdan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va u kishining oila a’zolariga haydovchilik qilganman. U kishi muttasil ishlar, xalq bilan uchrashar edi, ammo charchoq nima ekanini bilmas edi.

Islom Abdug‘aniyevich olijanobligi, mehribonligi, talabchanligi va insoniyligi bilan nafaqat mening, butun O‘zbekiston xalqining yuragidan  joy olgandi. Men o‘zim u kishidan odamiylik, oqko‘ngillik, isrofdan yiroq bo‘lish va boshqa ko‘plab fazilatlarni o‘rganganman.

Birinchi Prezidentimiz qo‘l ostidagi insonlarga shu qadar e’tiborli, g‘amxo‘r ediki, u kishi hatto farzandlarim nechanchi sinfda o‘qishigacha yodda tutar edi. Men ana shunday ulug‘ insonga xizmat qilganimdan faxrlanaman," deydi  G‘ulomjon Hakimjonov, asosiy avtoulov haydovchisi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘rgangani, birinchi, haqida gapirdi, Islom Karimovning, Prezidentdan, haydovchisi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя