Главная » 2021 » Апрель » 14 » Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi
20:41

Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi


O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Tillayevaning to‘ng‘ich farzandi Maryam rossiyalik YouTube-bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. To‘y Amerikaning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan, deb yozadi Starhit.

Maryam to‘yda uzun oq ko‘ylak kiygan. Kuyov Amiran esa oq ko‘ylak va shortida bo‘lgan. Ularning nikohini Elvis Presli obrazida kiyingan qora tanli aktyor qayd etgan. Maryam Amirandan taxminan 13 yoshga katta. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir necha marotaba birga tushgan surat va videolarini namoyish etgan, biroq munosabatlari haqida ochiq gapirmagan edi.

Ma’lumot uchun, Maryam AQShga bundan yetti yil avval o‘qish uchun ketgan. Amiran ham Moskvadagi ishidan qoniqmagani ortidan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rossiyalik, turmushga chiqdi, nevarasi, Amiran Sardarovga, Islom Karimovning, Bloger | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя