Главная » 2018 » Март » 29 » Ismaloq qo'shib tayyorlanilgan pasta
20:30

Ismaloq qo'shib tayyorlanilgan pasta


Har kuni go'shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go'shtsiz, ammo juda mazali taom!

Bu taomni tayyorlash sizdan ko'p vaqt va masalliqni talab qilmaydi.

Pastani «al-dente» usulida qaynatib olamiz, ya'ni o'rtasi sal qattiqroq bo'lishi kerak. Biz bugungi taom uchun farfalle pastasidan foydalanamiz.

Tovani gazga qo'yamiz, yog'ni solib qizdiramiz.Mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni solib, 30 soniya davomida qovuramiz.

So'ng cherry pomidorlarini teng ikkiga bo'lamiz (agar ular juda kichkina bo'lsa butunligicha solamiz) va tovaga solib, 3-4 daqiqa dimlab qo'yamiz.

Ismaloqni yuvib, uchini kesamiz va tovaga solamiz.Tuz va murchini rostlaymiz va rayhonni ham solamiz.

Ustidan pastani solib aralashtiramiz va 30 soniyadan so'ng gaz ustidan olamiz.


Manba: "zira.uz"
Категория: Ritseptlar | | Теги: Ismaloq | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя