Главная » 2020 » Март » 28 » Ispaniya malikasi koronavirusdan vafot etdi
21:24

Ispaniya malikasi koronavirusdan vafot etdi


Ispaniya qiroli Filipp VI ning qarindoshi Mariya Tereza Burbon-Parma Parijda 86 yoshida koronavirusdan vafot etdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Uning o‘limi haqida marhumaning akasi Sikst-Genrix Burbon-Parma o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, malika yakka o‘zi yashagan bo‘lsa ham kasallik yuqtirib olgan. Uning dafn marosimi 27-mart kuni o'tkazilgan.

Ma’lumot uchun, Mariya Tereza Burbon-Parma turmushga chiqmagan, farzandlari ham yo‘q.

Ayni paytda Ispaniya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Yevropada Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lib turibdi. Mamlakatda kasallanganlar soni 64 ming kishidan oshib ketgan, 4 900 kishi vafot etgan. Ispaniya hukumati 14-martdan boshlab odamlar harakatlanishini cheklagan holda 15 kunlik kuchaytirilgan tartib joriy etgandi. 26-mart kuni parlament bu muddatni 11-aprelgacha uzaytirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя