Главная » 2021 » Сентябрь » 19 » Ispaniyada vulqon «uyg‘ondi» (video)
22:16

Ispaniyada vulqon «uyg‘ondi» (video)


Kanar vulqon instituti (INVOLCAN) ma’lumotlariga ko‘ra, Palma (Kanar orollari, Ispaniya) orolida vulqon otilishi boshlandi.

«Palmada vulqon otilishi endigina boshlandi», — deyiladi institutning Twitterdagi sahifasida.

Institut vulqon otilishi tasvirini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Tahdid darajasi sariqdan to‘q sariqgacha ko‘tarildi. Viloyat yo‘llari yopib qo‘yildi.

Avvalroq Ispaniya milliy geografiya instituti Palma orolida seysmik faollik kuchayganini qayd etgan, rasmiylar harakati cheklangan odamlarni evakuatsiya qila boshlagan.

Institut Palma orolidagi Kumbre-Vexa vulqoni hududida bir hafta ichida 25 mingdan ortiq zilzila qayd etilganini ma’lum qildi. Eng kuchli yer silkinishi —  Rixter shkalasi bo‘yicha 4,2 ball — yakshanba kuni yuz berdi.

Oxirgi marta Palma orolida vulqon otilishi 1971-yilda qayd etilgan. O‘shanda Tenegiya vulqoni «uyg‘ongandi».


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Vulqon, uyg‘ondi, Ispaniyada, video | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя