Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Isroil davlatida bir oylik pensiyaga nima sotib olish mumkin?
15:04

Isroil davlatida bir oylik pensiyaga nima sotib olish mumkin?


AiF.ru nashri turli mamlakatlarda bir oylik pensiyaga qancha mahsulot sotib olish va qanday xizmatlar ko‘rsatilishi haqidagi ma’lumotlarni o‘z sahifalarida muntazam yoritib kelmoqda. Bu safar navbat Isroil davlatiga yetdi. Isroilda erkaklar 67 yoshdan, ayollar esa 62 yoshdan pensiyaga chiqadi. Mahalliy pensionerlar o‘rtacha 6000 shekel pensiya oladi, bu 139 ming rublni yoki 1790 dollarni tashkil qiladi.

CeoWorld Magazine Amerika nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, respublika yashash uchun eng qimmat mamlakatlar reytingida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Keling, isroilliklarning o‘rtacha pensiyasi nimalarga yetishini ko‘rib chiqaylik. Hisoblash uchun respublikadagi yirik shahar Tel-Avivdagi narxlarni oldik.

Isroilliklarning hammasi ham go‘sht iste’mol qilmaydi. Masalan, dindor aholi cho‘chqa go‘shti, quyon va ot go‘shtini iste’mol qilmaydi. Ammo mol go‘shtiga ruxsat berilgan. Mol go‘shtining 1 kilosiga mahalliy do‘konlarda 80,17 shekel (1856 rubl) berishadi. Agar o‘rtacha nafaqaxo‘r faqatgina nafaqasini go‘shtga sarflamoqchi bo‘lsa, unda u pensiyasiga 74,8 kg go‘sht sotib olishi mumkin bo‘lardi.

Isroillik uy egasi yoki bekasi tovuq go‘shtidan tovuq pashteti, qovurilgan tovuq oyoqchalari, simes kabi hokazo o‘nlab turli taomlarni tayyorlaydi. Isroilda tovuq go‘shti mol go‘shtiga nisbatan ikki marta arzon: ya’ni 1 kg tovuq go‘shti narxi 36,96 shekelni (856 rubl)tashkil qiladi.

6000 shekelni shu miqdorga bo‘lsak, pensiyaga 162,3 kg tovuq go‘shti sotib olishimiz mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, buxonka non va baton nonlar 7,79 chorak (180,4 rubl) shekel turadi, demak, pensiyaga 770 baton olsa bo‘ladi.

Isroilda har yili 1,5 million litr sut ishlab chiqariladi. Isroildagi sigirlar boshqa davlatlarni sigirlariga nisbatan “ko‘proq” sut berar ekan, bu haqdagi ma’lumotlarni mamlakatning Markaziy statistika byurosi ma’lumotlaridan ham bilib olsa bo‘ladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Isroilda bir sigir 11,97 litr sut bersa, bu ko‘rsatkich AQShda 9,8 litr, Kanadada 8,8 litrni, Avstraliyada esa 5,7 litrni tashkil qiladi. Bir litr sut Tel-Aviv supermarketlarida 6,15 shekel (142 rubl)ga sotiladi, xulosa qilish mumkinki, demak, isroillik pensioner o‘z pensiyasiga 975,6 litr sut sotib olishi mumkin bo‘lar ekan.

Isroilda qishloq xo‘jaligi juda ham yaxshi rivojlangan. Bu yerda go‘sht, sut mahsulotlaridan tashqari meva sabzavot va hatto gullar ham yetishtiriladi. Demak yuqoridagi pensiya miqdoriga 7,83 shekel turadigan apelsindan 766 kg, 10,74 shekel turadigan banandan 588 kg, 12 shekel turuvchi olmadan 500 kg xarid qilish mumkin ekan.

Sabzavotlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 4,76 shekel (110 rubl) turadigan 1 kg piyozdan 1260 kg, 5,64 shekel turuvchi kartoshkadan (130 rubl) 1063 kg, 7,69 shekel (178 rubl)turuvchi pomidordan esa 780 kg sotib olishimiz mumkin bo‘lar ekan.

Isroilda har yili pivo festivallari tashkil etiladi. Yana bu yerda o‘nlab pivo zavodlari ochilgan bo‘lib, bir asr oldingi reseptlar asosida ko‘pikli, anorli, xurmo va glyutenli pivo ichimligi tayyorlanadi. Yarim litr pivo ichimligi Sizga 10,66 shekel (247 rubl)ga tushadi. Demak o‘rtacha pensiyaga 562 butilka (281 litr) litr pivo ichimligi sotib olsa ham bo‘lar ekan.

Isroil davlati chekuvchilar mamlakati bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarga qaraganda 15 yoshdan yuqori bo‘lgan chekuvchilarning o‘rtacha  foizi — 19,6 foizni tashkil qiladi (rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 18,4 foiz). Bu yerda sigaret narxi juda qimmat. Amerikaning mashhur brendli sigaretining bir qutisi 35 shekel (810 rubl) turadi. Pensioner o‘z pensiyasiga ana shu sigaretdan 171 pachka sotib olishi mumkin.

Isroil davlatida umr ko‘rish davomiyligi dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil qiladi. O‘rtacha umr ko‘rish 82 yoshni (rivojlangan davlatlarda 80 yosh). Ular sport bilan faol shug‘ullanishadi. Agar pensioner Tel-Avivdagi fitnes markaziga bormoqchi bo‘lsa bo‘lsa, uning bir martalik narxi 259,21 shekel (6003 rubl)ni tashkil qiladi. Demak, u o‘z pensiyasiga oyiga 23 marta borsa bo‘larkan.

Isroilda avtomobil arzon bo‘lgan maroqli narsa emas. Boshqa davlatlarga nisbatan mashinalar uchun soliq miqdori ikki baravar qimmat. Ammo benzin unchalik qimmat emas: bir litr benzin 6,14 (142 rubl) turadi. 6000 pensiyamizni shu summani bo‘lsak, 977 litr benzin sotib olishimiz mumkin ekan.

Tel-Aviv shahrida 85 kvadrat metrga ega bo‘lgan kvartiraning oylik kommunal to‘lovlari o‘rtacha 920,47 shekel (12319 rubl) ni tashkil qiladi. Ushbu miqdorga elektr energiya, suv ta’minoti, chiqindilarni olib ketish kiradi. Demak, tel-avivlik pensionerning bir oylik pensiyasini 6,5 oygacha kommunal to‘lovlarni to‘lashga sarflasa ham bo‘ladi ekan.

Ushbu materialni tayyorlashda Numbeo dunyosi turmush darajasi va yashash sharoitlari to‘g‘risidagi onlayn bazasi ma’lumotlaridan foydalanildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davlatida, sotib olish, Isroil, pensiyaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя