Главная » 2021 » Май » 14 » Isroil va Falastin mojarosi keng miqyosli urushga aylanib ketishi mumkin – BMT
12:13

Isroil va Falastin mojarosi keng miqyosli urushga aylanib ketishi mumkin – BMT


BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Vennesland ishg‘ol qilingan Falastin hududlaridagi vaziyatni normallashtirishga  intilishga chaqirdi. U havo hujumlari va raketa hujumlari davom etar ekan, vaziyat keng miqyosli urushga aylanib ketishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Urushni darhol to‘xtating. Biz keng miqyosli urushga yaqinlashmoqdamiz», – deya tvit yozib qoldirdi u.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga bergan aviazarbalari va artilleriya hujumlari qurbonlari soni 115 kishiga etdi, 600 kishi yaralandi.

Isroil va Falastinning G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat dushanba  kuni  kechqurun  keskinlashdi.  Isroilning  aholi  punktlariga  raketa  hujumlari  deyarli  doimiy  ravishda  bo‘lib  turadi,  so‘nggi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  olti  nafar  tinch  aholi  va  bitta  isroillik  askar  halok  bo‘ldi.  Isroil  samolyotlari  va  artilleriyasi  G‘azo  sektoriga  katta  zarbalar  berib,  Falastinning  XAMAS va  Islomiy  jihod  guruhlarining  nishonlariga  zarba  berdi.  Natijada,  4  mingdan  ortiq turar-joy binolari vayron bo‘ldi, anklavda elektr yo‘q.

Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mojarosi, BMT, Falastin, urushga, Isroil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя